top of page

Germaniyada 50 mingdan ortiq Bitcoin musodara qilindi

#bitcoin

30/01/24, 17:04

Foto: koinbulteni

Germaniyada politsiya kuchlari qaroqchilik bilan shug‘ullangan veb-saytlari bilan bog‘liq tergov doirasida taxminan 50 000 bitcoinni musodara qildi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu operatsiya Germaniya tarixidagi eng yirik kriptovalyuta musodarasidir.


Saksoniya politsiyasining 30-yanvar kuni bergan bayonotiga ko‘ra, Germaniya va Polsha fuqarosiga aloqadorligi taxmin qilingan bu bitcoinlar 2013-yilda internet saytlarida amalga oshirilgan qaroqchilik faoliyatidan olingan daromadlarga sotib olingan.


Musodara qilingan bitcoin’larning ayni vaqtdagi bozor narxi taxminan 2,17 milliard dollarga teng. Jinoyatchilar ushbu mablag‘larni politsiya tomonidan taqdim etilgan rasmiy hamyonlarga o‘tkazganlaridan keyin bitcoinlar qo‘lga olindi. Shuningdek, musodara qilingan bu bitcoin’lardan qanday foydalanish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagani aytib o‘tilgan.



O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page