top of page

Gate.io birjasi O‘zbekistonda o‘z faoliyatini butunlay tugatmoqda

Gate.io

03/02/24, 14:40

Foto: Freepik

2013-yildan beri global miqyosida faoliyat yuritayotgan eng eski va eng mashhur kriptovalyuta birjalaridan biri hisoblangan Gate.io, O‘zbekistondagi faoliyatini butunlay to‘xtatayotganini ma’lum qildi.


Bu haqida birja o‘zbekistonlik foydalanuvchilarini e-maildan rasmiy bayonot yuborish orqali ogohlantirmoqda.


Gate.io bayonotida, "Huquqiy majburiyatlarimizning mahalliy qonunlar bilan uyushmasligi sababli, Gate.io O‘zbekiston bozorini tark etish bo‘yicha qiyin qaror qabul qildi. Natijada, Gate.io platformasi 2024-yil 1-apreldan boshlab o‘zbekistonlik foydalanuvchilari uchun ochilmasligini va bu kundan boshlab o‘zbekistonlik foydalanuvchilarining barcha hisoblari yopilishini afsus bilan ma’lum qilamiz" deb aytilgan.


Shu bilan birgalikda Gate.io, 5-fevral soat 00:00’dan boshlab kripto aktivlari bo‘lmagan O‘zbekistondagi mavjud foydalanuvchilarning hisoblari yopilishini va aktivi bor foydalanuvchilardan hisoblaridagi barcha aktivlarni imkon qadar birjadan tezroq yechib olishlari kerakligi borasida tavsiya bergan.


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.09.2018 yildagi 707-sonli «Butunjahon Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida ushbu birjaga blok qo‘yilgan edi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page