top of page

FTX asoschisi SBF'ning 25 yillik qamoq bilan jazolangan sud jarayonida yana nimalar bo‘ldi?

FTX

29/03/24, 07:50

Foto:blockchainlife

Bankrotlikka uchragan kriptovalyuta birjasi FTX’ning asoschisi Sem Bankmen-Frid (SBF) 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.


AQShning Nyu-York janubiy okrugi sudi 28-mart, payshanba kuni Sem Bankmen-Frid bo‘yicha yakuniy qarorini e’lon qildi. Sud SBFni yettita firibgarlik holati uchun 24,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bundan tashqari, 11 milliard dollarlik jarima belgilandi.


Hukm qaroriga parallel ravishda bayonot bergan sudya Lyuis Kaplan SBF FTX birjasi qulashidan avval nima bo‘lishidan xabardor ekanligini aytdi: "U qilgan ishining noto‘g‘ri ekanligini bilardi. U bu ishlar jinoyat ekanligini bilardi".


Sud hujjatlariga ko‘ra, qamoq jazosi prokuror tavsiya qilgan jazodan 15 yil kamroq bo‘lgan. Kriptovalyuta hamjamiyatining ayrim segmentlari millionlab odamlarga jami milliardlab dollar zarar yetqazgan SBFga berilgan bu jazoni past deb topdilar.

Sudya SBF jazoni Kaliforniya ko‘rfazi yaqinidagi o‘rta yoki past darajadagi xavfsizlik qamoqxonasida o‘tirishni aytgan. Bundan tashqari, SBFning ijtimoiy ko‘nikmalarga ega emasligi va uning katta boylik bilan aloqasi uni boshqa mahbuslarning nishoniga aylantirishi mumkinligi qayd etigan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page