top of page

Firibgarlar soxta kripto-aktiv ishlab chiqarish orqali 6 million yevro o‘marishdi

kripto-aktivlar

13/05/24, 05:00

Foto:Thenewscrypto

Yevropada yangi kripto-aktiv chiqarish orqali investorlarining katta miqdordagi mablag‘larini o‘g‘irlagan tashkilotga qarshi operatsiya o‘tkazildi.


Avstriya, Chexiya va Kipr rasmiylari Eurojust va Europol bilan hamkorlikda reydlar o‘tkazdi va olti nafar gumonlanuvchini hibsga oldi.


Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchilar 2017-yilning dekabridan 2018-yilning fevraligacha yangi kripto-aktivni chiqarish uchun onlayn savdo kompaniyasi tashkil qilgan.


Bitcoin va Ethereum kabi kripto-aktivlar evaziga investorlarga jami 10 million token sotilgan. Avstriyalik firibgarlar investorlar ishonchini qozonish uchun token sotishda maxsus dasturiy ta’minot va algoritm ishlab chiqqanliklarini da’vo qilishdi.


Aytilishicha, firibgarlar 2018-yilning fevral oyida barcha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini, jumladan kompaniya veb-saytini ham yopgan. Eurojust bayonotiga ko‘ra, investorlar jami 6 million yevro yo‘qotishgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page