top of page

Filecoin: ma’lumotlarni saqlash uchun blokcheyn qanday ishlaydi

Kriptopediya

5 daqiqa

10/09/25, 18:21

Foto: AI

Ko'pchiligimizda usbu savol paydo bo'lgan: fayllarni qayerda saqlash kerak? Ko‘pchilik Google Drive yoki Dropbox’dan foydalanadi. Lekin markazlashgan xizmatlardan tashqari boshqa yo‘l bormi? Filecoin shuni taklif qilar ekan, blokcheynga asoslangan tarqoq bulut sistemasi.


Filecoin nima?


Filecoin — bu fayllarni saqlash tarmog‘i. Uning yagona egasi yo‘q: ma’lumotlar dunyo bo‘ylab minglab kompyuterlarda tarqalgan. Saqlash va ularga kirish huquqini tarmoq ishtirokchilari ta’minlaydi, to‘lov esa FIL tokenida amalga oshiriladi.


Asosiy maqsad ma’lumotlarni adolatli, barqaror va mustaqil saqlashdir.


Filecoin qanday ishlaydi?

1. Tarmoqdagi ishtirokchilar


  • Mijozlar — fayllarni yuklab, saqlash uchun to‘laydi.


  • Saqlovchi maynerlar — disk joyini taqdim etadi.


  • Qayta tiklovchi maynerlar — fayllarni tezda yetkazib beradi.


2. Kriptografik isbot


Hech kim faylni o‘chirib qo‘ymasligi uchun maxsus algoritmlar ishlatiladi:


  • Proof-of-Replication — fayl alohida nusxada saqlanganini isbotlaydi.


  • Proof-of-Spacetime — fayl vaqt o‘tishi bilan ham joyida ekanini tekshiradi.


3. To‘lov


Barcha hisob-kitob FIL tokenida amalga oshiriladi. Mijozlar saqlovchilarga to‘laydi, ular esa halol ishlaganligi uchun mukofot oladi.


Amaliy misol


Bir kompaniya 10 TB hajmdagi surat arxivini saqlamoqchi. U Filecoin tarmog‘iga buyurtma joylaydi. Maynerlar narx taklif qiladi va kompaniya eng qulayini tanlaydi. Fayllar turli saqlovchilarga tarqatiladi, kriptografik isbot esa ularning xavfsizligini kafolatlaydi.


O'zi nima uchun kerak?


  1. Yirik kompaniyalardan mustaqillik.


  1. Fayllarni hech kim o‘chirib tashlay olmaydi.


  1. Raqobat tufayli narx past bo‘lishi mumkin.


Xulosa


Filecoin bu «kelajak buluti»ni yaratishga urinish deyilsa ham bo'ladi. U markazlashgan xizmatlarga bog‘liq bo‘lmagan xotira beradi. Tarmoq ishlayapti, lekin hozircha tor doirada. Kelajakda esa keng qo‘llanilsa, o‘yin qoidalarini butunlay o‘zgartirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page