Ethereum tarmog'ida "gas" to'lovlari tarixiy eng past darajaga tushib ketdi
#ethereum
02/07/24, 11:02

criptomor
Tranzaksiya to‘lovlari bo‘yicha nisbatan yuqoriroq to‘lov qabul qiluvchi gigant blokcheyn Ethereum ( ETH ) 2016-yilning noyabr oyidan beri eng past o‘rtacha ’’gas’’ to‘lovlarini qayd etdi.
Duna Anaytics ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta oxirida Ethereum blokcheynida o‘rtacha ’’gas’’ to‘lovlari 3 Gwei (0.14 dollar) tushib ketgan.
Blokcheyn ishlashi uchun tarmoqdagi barqaror ’’gas’’ to‘lovlari bo‘lishi juda muhim. Bir tomondan pastroq to‘lovlar tarmoqni kengroq auditoriya uchun qulayroq qilsa, boshqa tomondan ushbu to‘lovlar validatorlarni mukofotlashda muhim ro‘l o‘ynaydi.
Ba’zi tahlilchilar Ethereum blokcheynida to‘lovlarni kamayishi Layer-1 (L1) bozorida samaradorlikni oshirish maqsad qilinganligini keltirishdi.