Ethereum Classic blokcheynida ‘’halving‘’ sodir bo‘lishiga ham oz fursat qoldi
Kripto-aktiv
28/05/24, 09:49
Foto: Crypto News
Ethereum Classic blokcheynida ‘’halving‘’ boshqa blokcheynlardagi ‘’halving‘’ jarayonidan tubdan farq qiladi. Ushbu tarmoqda ‘’halving‘’ jarayoni Bitcoin blokcheyni kabi 4 yilda emas har 2 yilda sodir bo‘ladi
‘’Halving‘’ Ethereum Classic blokcheynidagi har 5.000.000 ta blok qazib olinganda sodir bo‘ladi. EthereumClassic-ning dastlabki blok mukofoti 4 ETC edi. Blok mukofoti taxminan har 2 yilda 20 foizga kamayadi. Bu yangi ETC kripto-aktivini ‘’mining‘’ qilinish tezligini pasaytiradi.
Kamaytirish davriy bo‘lib, Ethereum Classic kodiga dasturlashtirilgan. Hech qanday inson omili ro‘l o‘ynamaydi
Bu yil 31-may sanasida navbatdagi ‘’halving‘’ jarayoni sodir bo‘lishi kutilmoqda. Joriy har bir ETC blok mukofoti 2,56 ETC ni tashkil qilsa, ‘’halving‘’dan so‘ng blok mukofoti 2,048 ETCga kamayadi
Avvalgi ETC ‘’halving‘’ sanasi 2022-yil 25-aprelda sodir bo‘lgan edi.
Aslida; Ethereum Classic blokcheynida minerlar uchun mukofot kamayish jarayoni ’’Halving‘’ emas ’’Fifthening‘’ deb ataladi.
Chunki, blokchalikda mukofot yarimiga emas 20% ga qisqaradi.