Ethereum (ETH): Dunyoning ikkinchi mashhur kripto-aktivi qanday ishlaydi?
Kriptopediya
5 daqiqa
27/09/25, 15:43

Foto: AI
Kirish
Eshitgan bo‘lsangiz kerak: «Ethereum — bu bitcoindan keyingi ikkinchi kripto-aktiv». Lekin bu aslida nimani anglatadi? ETHni faqat internetdagi pul deb atash mumkinmi yoki undan ko‘proq narsami?
Ethereum (ETH) nima?
Ethereum 2015-yilda dasturchi Vitalik Buterin tomonidan yaratilgan blokcheyn platformasi. Bitcoin «raqamli oltin» bo‘lishi uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, Ethereum dasturlashtiriladigan pul va markazlashmagan ilovalar (dApps) uchun maydonchaga aylandi.
Tarmoqning asosiy valyutasi ETH bo'lib, u tranzaksiyalar, komissiyalar va smart-kontraktlarni ishga tushirish uchun «yoqilg‘i» sifatida ishlatiladi.
Ethereum qanday ishlaydi?
Smart-kontraktlar
Smart-kontrakt — bu shartnoma shartlarini avtomatik bajaradigan dastur. Masalan: siz uy ijaraga olasiz, va pul faqatgina smart-kontrakt kalitni olganingizni tasdiqlagandan so‘ng egasiga o‘tadi.
Markazlashmagan ilovalar (dApps)
Ethereum asosida o‘yinlar, birjalar, moliyaviy xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlar yaratiladi. Bularning barchasi vositachilarsiz ishlaydi.
Proof-of-Stake ga o‘tish
Avval Ethereum tarmog‘i Bitcoin kabi Proof-of-Work asosida ishlagan. 2022 yilda esa Proof-of-Stake algoritmiga o‘tdi. Endi tranzaksiyalarni maynerlar emas, balki validatorlar tasdiqlaydi. Bu tarmoq energiya sarfini 99% dan ortiq kamaytirdi.
ETH nima uchun kerak?
Komissiya to‘lovi: har bir tranzaksiya ETHda to‘lanadi.
Investitsiya: ETH kapitalni saqlash uchun aktiv sifatida qaraladi.
DeFi va NFT: ko‘pgina moliyaviy protokollar va raqamli san’at loyihalari Ethereum asosida ishlaydi.
Foydalanish misoli
Tasavvur qiling, siz bankka murojaat qilmasdan qarz olmoqchisiz. Ethereum’dagi DeFi protokoli orqali ETH ni garov sifatida qo‘yasiz va darhol boshqa kripto-aktivda qarz olasiz. Bularning barchasi smart-kontrakt orqali avtomatik amalga oshadi.
Xulosa
Ethereum nafaqat kripto-aktivdir, balki kelajak raqamli iqtisodiyoti uchun katta platforma desa ham bo'ladi. ETH esa bu tizimning ham puli, ham yoqilg‘isi hisoblanadi.