Ethereum’da MEV nima va Proof-of-Stake’dan keyin nima o‘zgaradi?
Kriptopediya
5 daqiqa
05/09/25, 17:04

Foto: AI
Tasavvur qiling, navbatdasiz va kimdir sotuvchiga pul berib: “meni ishimni birinchi qil”,-dedi. Sotuvchi rozi bo‘ladi, chunki ko‘proq foyda oladi. Ethereum’da ham shunga o‘xshash mexanizm bor, u MEV deyiladi.
MEV nima?
MEV (Maximal Extractable Value) — bu mayner yoki validator tranzaksiyalar tartibini o‘zgartirib qo‘shimcha daromad olishidir.
Foydalanuvchi tranzaksiya yuborganda, u avval mempoolga tushadi.
Mayner yoki validator qaysi tranzaksiyani blokka qo‘shish va qaysi tartibda joylashtirishni hal qiladi.
Agar foydali vaziyat bo‘lsa (masalan, kimdir katta miqdorda token sotib olyapti), mayner o‘zining tranzaksiyasini oldinga qo‘yib, ko‘proq daromad oladi.
Bu asosan “boshqalarni chetlab o‘tish” orqali ishlash degani.
Amalda qanday ishlaydi?
Eng mashhur usul bu front-running.
Kimdir katta miqdorda token sotib olyapti.
Mayner yoki validator oldinroq o‘z buyurtmasini qo‘yadi, tokenni arzonroq sotib oladi va keyinroq qimmatroqqa sotadi.
Bundan tashqari, sendvich hujumlar, birjalar o‘rtasida arbitraj va DeFi-protokollarda likvidatsiya ham MEV strategiyalariga kiradi.
Proof-of-Stake’dan keyin nima bo‘ladi?
Ethereum Proof-of-Stakega o‘tganidan keyin maynerlar yo‘q, ularning o‘rnini validatorlar egallaydi. Lekin MEV ham yo‘qoladimi? Yo‘q, MEV saqlanib qoladi. Validatorlar ham blok tuzishda tranzaksiyalar tartibini o‘zgartira oladi. Lekin yangi mexanizmlar paydo bo‘ladi:
Proposer-Builder Separation (PBS) — blok tuzish va taklif qilish rollari ajratiladi, bu esa xavflarni kamaytiradi.
MEV-auksionlar — daromad imkoniyatlari tengroq taqsimlanadi.
Xulosa
MEV — Ethereum iqtisodiyotining yashirin tomoni bo‘lib, maynerlarga milliardlab dollar foyda keltirgan. PoS’dan keyin u yo‘qolmaydi, lekin tartibliroq va shaffofroq bo‘ladi. Bu oddiy foydalanuvchilar uchun barqarorroq tizim, validatorlar uchun esa yangi daromad imkoniyatlari degani.