top of page

ETF savdolarining boshlanishi Bitcoin narxiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmadi

#bitcoin

3 min read

23/01/24, 06:45

Foto:freepik

Bitcoin spot birja investitsiya fondi (ETF) 11-yanvar kuni sotuvga chiqarilganidan keyin


Bitcoin narxi taxminan 20 foizga arzonlashdi.


Birinchi savdo kunida spot ETF’lari 49 021 dollargacha ko‘tarilgan Bitcoin narxi kecha tunda 39 444 dollarga tushib,


11-yanvardagi eng yuqori cho‘qqiga nisbatan 19,53 foizga pasaydi.


Fundstrat Global Advisors raqamli aktivlar strategiyasi rahbari Shon Farrell "Oxirgi ikki hafta ichida Bitcoin,


xalqaro valyutalarning ko‘tarilishi va dollarning mustahkamlanishi bilan birgalikda,


FTX o‘z aktivlarini bo‘shatganligi sababli GBTC sezilarli sotish bosimiga duch keldi", deb bu holatni izohladi.


Ma’lumot uchun, o'tgan hafta FTX birjasi o‘zining Grayscale'dagi (GBTC) barcha


22 million dona aksiyasini, taxminan 1 milliard dollarga yaqin mablag‘ga sotdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page