top of page

Eski Bitcoin hamyonlarida faollik keskin oshdi

#bitcoin

2 min

07/09/26, 19:20

Foto: Coinbase

Avgust oyida 2010–2017-yillarga tegishli eski Bitcoin hamyonlaridan 6 427 BTC — qariyb $500 mlnlik aktiv ko‘chirildi. Bu iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 5 baravar yuqori.


Eng katta faollik 2014-yilda yaratilgan Bitcoin hamyonlarida kuzatildi. Uzoq yillar davomida deyarli harakatsiz turgan ayrim manzillardan katta miqdordagi BTC boshqa hamyonlarga o‘tkazilgan.


E’tiborli jihati, 2014-yilga tegishli ayrim hamyonlar Bitcoin’larini deyarli bir vaqtning o‘zida harakatlantirgan. Bu hamyonlar o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytiradi, biroq ularning bir egaga tegishli ekanini faqat tranzaksiyalar asosida tasdiqlab bo‘lmaydi.



Eski hamyonlarning faollashuvi kripto bozorida diqqat bilan kuzatiladi. Chunki uzoq muddat Bitcoin saqlagan investorlarning aktivlarini birjalarga yuborishi sotuv bosimi oshishi mumkinligidan darak berishi mumkin.


Biroq BTC’ning bir hamyondan boshqasiga ko‘chirilishi uning sotilganini anglatmaydi. Tranzaksiyalar xavfsizlik maqsadida, aktivlarni yangi hamyonga o‘tkazish yoki saqlash tizimini o‘zgartirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.


Iyul bilan solishtirganda eski Bitcoin’larning harakati qariyb besh baravar oshgani uzoq muddatli egalar orasidagi faollik sezilarli kuchayganini ko‘rsatmoqda. Bozor ishtirokchilari endi ushbu BTC’larning keyingi harakatini kuzatmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
© 2026 Blockchain Texno
bottom of page