top of page

Elon Muskning Dogecoinni manipulyatsiya qilgani bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi

#dogecoin

2 daqiqa

18/11/24, 07:05

Foto: Binance feed

Dogecoin sarmoyadorlarining sud ishidan voz kechishi bilan Elon Muskga nisbatan manipulyatsiya ayblovlari bo‘yicha sud jarayoni tugatildi.


Sarmoyadorlar Muskni Dogecoin narxini ataylab manipulyatsiya qilishda ayblashgan edi.


Sud jarayonining tugashi Dogecoin va boshqa kriptovalyutalar atrofidagi spekulyatsiyalarni kamaytirishi va narxlarning oshishiga olib kelishi mumkin.


Shuningdek, bu Elon Muskning moliyaviy innovatsiyalarga e'tiborini yanada oshirish imkonini beradi. Qiziqarli fakt Dogecoin yaratuvchisi Billy Markus (internet taxallusi "Shibetoshi Nakamoto") 2015-yilda o'zidagi barcha Dogecoinlarni 10 ming dollarga sotib yuborgan edi.


U Twitterda 2021-yilda bu haqda yozib, bu pullarga Honda Civic avtomobili sotib olganini aytgan.


Hozirda Dogecoin bozor kapitallashuvi (54,2 milliard dollar) butun boshli Hondo kompaniyasidan (40.23 milliard dollar) qimmat turadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page