Efiopiya Bitcoin ishlab chiqarish markaziga aylamoqda
#maxsus_rukn
09/02/24, 12:00
Foto: inrrub.com
Efiopiya, ayniqsa, Xitoy 2021-yilda Bitcoin ishlab chiqarishni taqiqlaganidan keyin, bu davlat Bitcoin ishlab chiqarish uchun tobora ommabop joyga aylanib bormoqda.
Efiopiya kriptovalyuta savdosi rasman taqiqlanganiga qaramay, 2022-yildan boshlab Bitcoin ishlab chiqarish faoliyatiga ruxsat berdi.
Bitcoin ishlab chiqarish - bu Bitcoinning yangi birliklarini muomalaga kiritish va asosiy blokcheynni ta’minlash jarayoni. Bu jarayon yuqori quvvat sarfini talab qiladi va Efiopiya dunyodagi elektr energiyasi narxi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri sifatida uchun jozibador joyga aylanib bormoqda.
Mamlakat so‘nggi o‘n yil ichida Xitoy bilan munosabatlarini mustahkamlashi natijasida ko‘plab xitoylik Bitcoin ishlab chiqaradigan kompaniyalar elektr energiyasi ishlab chiqaradigan 4,8 milliard dollarlik to‘g‘on qurilishiga iqtisodiy jihatdan yordam berdi.
Bitcoin ishlab chiqarish sanoati boshqa energiya talab qiladigan tarmoqlardan farq qiladi, chunki ishlab chiqarish talab, joylashuv markazi va logistikaga bog‘liq emas. Shuning uchun ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha arzon energiya manbalariga intilishadi. Misol uchun, Norvegiya 2021-yilda dunyodagi Bitcoin ishlab chiqaruvchilarini butunlay gidroelektr energiyasi bilan ta’minlagan.
Xitoyning blockchain uyushmasi asoschisi Nuo Xuning aytishicha, Efiopiya xitoylik konchilar uchun muhim markazga aylanadi. Rossiya ham xuddi shunday vaziyatda. Eng qizig‘i ikki davlat ham Bitcoin ishlab chiqarishga ruxsat beradi, lekin kriptovalyutani to‘lov vositasi sifatida ishlatishni taqiqlaydi.
Ma’lumot uchun, Bitcoin qazib olish bilan bog‘liq xavflar regulyatorlar uchun qiyin muvozanatni keltirib chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar katta daromad olish potensialga ega bo‘lsalar-da, ular talab yuqori bo‘lgan davrda elektr tarmoqlarini zo‘riqishi yuz berishi mumkin. Qozog‘iston va Eron kabi davlatlar bu sababli energiya iste’moli tufayli qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.