Dunyodagi markaziy banklarning deyarli barchasi CBDC’larga qiziqish bildirmoqda
Blockchain
22/04/24, 10:27

Foto:mavink.com
Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) markaziy bank raqamli valyutalarining (CBDC) ulgurji sotilishini o‘rganuvchi hisobotda shuni ko‘rsatdiki, Markaziy banklarning 98 foizi CBDC ga e’tibor qaratmoqda. Bu haqda crypto news nashri xabar qiladi.
Markaziy bankning raqamli valyutasi (CBDC) - bu mamlakatning markaziy banki tomonidan chiqarilgan raqamli valyuta shakli. U kriptovalyutalarga o‘xshaydi, faqat uning qiymati markaziy bank tomonidan belgilanadi va mamlakatning fiat valyutasiga ekvivalent bo‘ladi.
Ushbu hisobotda, moliyaviy bozorlarda potensial foydalanish holatlari va muhim sanoat muammolarini yengillashtirish va asosiy og‘riqli nuqtalarni hal qilish uchun raqamli valyuta CBDC potentsiallari o‘rganildi.
Shuningdek, Xalqaro hisob-kitoblar banki tizimlar o‘rtasida tranzaksiyalar haftada faqatgina 5-kun amalga oshsa, ushbu cheklovni bartaraf etish uchun raqamli dollar- CBDC ( Central Bank Digital Currency) global hisob-kitob tranzaksiyalarni osonlashtirishi va tizimlarni 24/7 ishlashini taklif qilish orqali samarali ravishda kengaytirishi mumkin.
Shuningdek ushbu hisobotda; ‘’CBDC-ni yanada tadqiq qilishga yordam beradigan asosiy tushunchalarni taqdim etadi va moliyaviy bozorlar uchun yanada samarali, mas’uliyatli va xavfsiz kelajak sari poydevor bo‘lib xizmat qilishga umid qiladi", deyiladi.