top of page

Dunyodagi eng katta nafaqa jamg‘armasi Bitcoin sotib olishni rejalashtirmoqda

#bitcoin

19/03/24, 11:15

Foto: forklog

Bloomberg nashrining xabariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik nafaqa jamg‘armasi yangi sarmoya variantlari bilan birgalikda Bitcoinni o‘rganishni boshladi.


Nafaqa jamg‘armasi sarmoyalarni diversifikatsiya qilish, jumladan bitcoin, oltin va qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha tadqiqotlar olib borishi va bu tadqiqotlar natijasida kelgusida ushbu sohalarga sarmoya kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilishi ta’kidlandi.


Ma’lumot uchun, Yaponiya hukumatining Nafaqa sarmoya jamg‘armasi nazorati ostidagi 1,5 trillion dollarlik aktivlar bor va bu borada jamg‘arma dunyodagi eng yirik nafaqa jamg‘armasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page