top of page

CZ BAAga borish uchun garov sifatida 4,5 milliard dollarlik Binance aktsiyalarini taklif qildi

binance

25/01/24, 06:59

Foto:blockchainlife

AQShdagi tartibga solish muassasalarining bosimi va unga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’volar natijasida Binance bosh direktori lavozimidan iste’foga chiqqan Changpeng Chjao, umurbod yashash uchun ruxsatnomasi bo'lgan Birlashgan Arab Amirliklariga borish uchun suddan ro'xsat so'ragan.


CNBC nashrining xabariga ko‘ra, CZ AQShdan chiqib ketish taqiqini olib tashlash uchun Binance aktsiyalarini garov sifatida ko‘rsatgan.


Aktsiyalarning qiymati 4,5 milliard dollar ekanligiga qaramay, sobiq bosh direktorning bu iltimosi rad etildi.


Binance’ning sobiq bosh direktori BAAda operatsiya qilingan do‘stini ko‘rmoqchi bo‘lgan va u bu yerda taxminan 4 hafta qolib, AQShga qaytishini aytgan. Biroq sud bunga ruxsat bermadi.


Eslatib o‘tamiz, AQShda qo‘zg‘atilgan da’volar natijasida Binance birjasi 4,5 milliard dollar va CZ esa 175 million dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan edi.


Sobiq bosh direktor mijozlar mablag‘larini o‘z hisob raqamlariga yo‘naltirgan, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi yetarlicha choralar ko‘rmagan va amerikalik mijozlarning Binance xalqaro platformasiga kirishini cheklamaganligi ma'lum bo'lgan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page