Crypto Week Uzbekistan 2025: Kunlik yangiliklar 17-aprel, 2-kun
#CryptoweekUzbekistan
2 daqiqa
17/04/25, 09:52

Foto: Blockchain Texno
Bugun Crypto Week Uzbekistan doirasidagi tadbirlar yopiq formatda bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyalar asosan huquqni muhofaza qilish organlari (law enforcement) vakillari uchun tashkil etilgan bo‘lib, bu kriptoaktivlar sohasida xavfsizlik, qonunchilik va jinoyatchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan maxsus muhokamalarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli, tashqaridan tashrif buyuruvchilar bugun qabul qilinmaydi.
Ertaga – 18-aprel kuni, ochiq sessiyalar Tashkent International Universityda davom etadi. Bu yerda blokcheyn texnologiyalari, tokenizatsiya, Web3 va DeFi bo‘yicha xalqaro ekspertlar chiqish qiladi. Tadbir barcha qiziqqanlar uchun ochiq va bepul.
19-aprel – asosiy voqelik Crypto Weekning yakuniy kuni yana Yoshlar Ijod Saroyida o‘tkaziladi. Bu kun uchun ko‘plab xalqaro spikerlar, investorlar, startaplar, tarmoqlanish uchun maxsus zonalar va eksklyuziv e’lonlar rejalashtirilgan.Hamma uchun ochiq!.