top of page

Coinbase Prim Indeksi 0 dan yuqoriga chiqdi — AQShda Bitcoin’ga talab yana ortmoqda

#PRIM index

2 daqiqa

20/06/25, 06:06

Foto: Blockchain Texno

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Coinbase Prim Indeksi uzoq tanaffusdan so‘ng 0 darajadan yuqoriga ko‘tarildi. Bu juda muhim ko‘rsatkich bo‘lib, u orqali AQSh investorlarining Bitcoin (BTC) savdosidagi faolligi baholanadi.


Prim indeks nima?


Coinbase Prim Indeksi — AQShdagi yirik kripto birjalardagi Bitcoin xaridlarini boshqa mintaqalar bilan solishtiriladi. Agar bu indeks 0 dan yuqorida bo‘lsa, bu AQSh investorlarining Bitcoin xarid qilishda boshqalardan faolroq ekanini bildiradi.


So‘nggi oylarda bu indeks 0 dan past bo‘lgan, ya’ni AQSh investorlarining BTC ga qiziqishi kamaygan edi.


Endilikda indeks yana 0 dan yuqoriga ko‘tarilgani, AQShda Bitcoin’ga nisbatan talab yana ortayotganini ko‘rsatmoqda.


Bu holat nimani anglatadi?


– AQSh bozoridan Bitcoinga yangi kapital kirib kelmoqda

– Investorlar yana BTC xarid qilishga qayta qiziqish bildirayotgani sezilmoqda

– Bu narx o‘sishi uchun ijobiy signal bo‘lishi mumkin


Coinbase Prim Indeksining ijobiy zona tomon qaytishi — bozor ishonchining tiklanayotganidan dalolat. Bu holat global BTC narxiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page