Coinbase Bitcoin o‘sishini kapitallashtirish uchun yangi rejasini e’lon qildi
Coinbase
13/03/24, 11:01
Foto: Reuters
Coinbase kriptovalyuta birjasi 1 milliard dollarlik obligatsiyalarni sotish orqali mablag‘ to‘plashni rejalashtirmoqda. Bu operatsiyadan olingan daromadlar mavjud qarzlarni to‘lash va operatsion xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilishi ta’kidlandi.
Sotiladigan obligatsiyalar 2030-yilda tugashi aytilgan bo‘lsa-da, investorlar dastlabki 30 kun ichida qo‘shimcha 150 million dollarlik obligatsiya sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Obligatsiyalarni sotib olgan investorlar kelajakda ularni Coinbase aksiyalariga aylantirishi mumkin. Agar aksiya narxi o‘sishda davom etsa investorlarning qo'shimcha potensial daromad olishlariga olib keladi.
Ma’lumot uchun, kriptolarning narxi jiddiy ravishda o‘sishi bilan birgalikda Coinbase aksiyalarining narxi ham sezilarli darajada oshdi. Bugungi kunda kompaniya 61,58 milliard dollarlik bozor kapitaliga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, eng yirik korporativ bitkoin kiti MicroStrategy yaqinda 800 million dollarlik obligatsiyalarni sotish orqali Bitcoin sotib olganini e’lon qildi.