top of page

Coinbase 3 ta altkoinning sotuvi boshlanishini e’lon qildi

Coinbase

02/02/24, 09:11

Foto:Pixabay

AQShning eng yirik kriptovalyuta birjasi Coinbase yana 3 ta altkoin uchun fyuchers operatsiyalarini ochishini e’lon qildi.


Coinbase’ning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilinishicha, 8-fevral kuni soat 15.00 da Coinbase International Exchange va Coinbase Advanced’da Aptos (APT), Filecoin (FIL) va Sui (SUI) uchun uzluksiz fyuchers savdolari boshlanadi.


Ma’lumot uchun, Coinbase International Exchange sentabr oyi oxirida Bermudadan AQShdan tashqaridagi mijozlariga uzluksiz fyuchers savdosi xizmatlarini taqdim etish uchun ruxsat olgan edi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page