top of page

ChatGPT-5 qachon chiqishi ma’lum bo‘ldi

Sun’iy intellekt

01/06/24, 06:20

Foto:blockchair.com

Sun’iy intellekt tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Claude AI, Gemini AI kabi sun’iy intellektlar allaqachon hayotimizning bir qismi bo‘lib qolgan.


OpenAI bosh direktori Sem Altman 2024 yil yanvar oyida GPT-5 ishlab chiqilayotganini aytib o‘tgan edi.


Yaqin orqada biz ChatGPT-5 chiqishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.


Ba’zi manbalarda GPT-5 2024 yilning o‘rtalarida yoz oylarida chiqadi deya xabar berishmoqda.


Garchi, GPT-4 hozir biz uchun inqilobiy yangilik bo‘lib tuyulsa ham, Sem Altman ning fikricha, biz hali ham boshlanish nuqtasidamiz. Sem Altman hozirgi sun’iy intellektlarni 90-yillardagi uyali telefonlarning dastlabki ko‘rinishiga o‘xshatadi.


GPT-5 hozirgi kunga qadar eng ko‘p kutilgan katta til AI modeli bo‘lishi kutilmoqda. Yangi versiya ma’lumotlarni yanada yuqori tezlikda qayta ishlash imkoniyatlarini oshiradi.


OpenAi bosh direktori Altman kelgusi ikki yil muddat GPT (Generative Pre-trained Transformer) evolyutsiyasining asosiy yo‘nalishi bo‘ladi deb hisoblaydi. OpenAI 2024-yil may oyida GPT-4o-ni taqdim etgandi va bu bilan matn, ovoz imkoniyatlari yanada rivojlandi.


Kutilayotgan ChatGPT 5 bilan Sora sun’iy intellekti kabi matn (promt) yozish orqali 60 soniyagacha bo‘lgan kliplarni va manzaralarni yaratish imkoniyati mavjud bo‘ladi.


Har bir ChatGPT yangi avlodi avvalgisidan parametrlar hajmi bilan farq qilgan edi. ChatGPT 5 ham avvalgilariga nisbatan ko‘proq parametrlarga ega bo‘lishi kutilmoqda.


GPT-5, LLM Transformer modellarining (Generative Pre-trained Transforme) eng yangi avlodi bo‘lib, u o‘zidan oldingi modellarga nisbatan keng qamrovli bilim doirasi, ko‘proq tillarni tushunishi bilan ajraladi.


GPT-5 ning asosiy ustunligi uning hissiy va mantiqiy xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishida hisoblanadi. U faqat ma’lumotlarni o‘rganib qolmasdan, balki yangi g‘oyalarni mustaqil ravishda sintez qilish va mavjud bilimlarni yangi vaziyatlarga tatbiq etish qobiliyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. Kim sun’iy intellektga empatiya yetishmaydi degan edi?


Shuningdek, GPT-5 tillararo ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda, ya’ni u turli tillardagi ma’lumotlarni qabul qilib, qayta ishlashi va javob beradi.


Taxminlar, OpenAI ChatGPT ishga tushirilish sanasi 2024-yil mayidan 2024-yil dekabrigacha bo‘lishi mumkin.


Ba’zi ekspertlar yangi model AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlargacha chiqadi deb hisoblashmoqda.


Umumiy olganda, GPT5 sun’iy intellektlar sanoatida sezilarli rivojlanishni amalga oshirishi aniq.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page