top of page

Celsius Network kompaniyasi Tether kompaniyasini 2.3 milliard dollarlik bitcoin garovi yuzasidan sudga berdi

#tether, #celsius

2 min read

15/08/24, 07:00

Foto: Cointelegraph

Hozirda bankrotlikga uchrayotgan Celsius network 2022-yil qarz shartnomasida eng yirik stabilecoin emitenti Tether kompaniyasidan juda katta miqdorda USDT stabilecoinini kreditga oladi.


Ushbu kredit shartnomasida majburiyatini ta’minlash uchun o‘zidagi 39 542 ta BTC garovga qo‘yadi.


Biroq, 2022-yildan so‘ng BTC narxi sezilarli pastlab ketganida, bergan kreditini qoplash uchun Tether ushbu BTC larni shartnomaga muvofiq sotib yuboradi.


Celsius o‘z davosida garovga qo‘yilgan BTClarda likvidlikni ta’minlash uchun garovga qo‘shimcha BTC qo‘shishga vaqt bermasdan, Celsius roziligisiz likvidatsiya qilganligini da’vo qilmoqda.


Tether bosh direktori Paolo Ardoino keltirilgan da’volar asossiz ekanligini, hamma ishlar shartnomaga muvofiq amalga oshirilganini aytmoqda.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page