top of page

Cardano (ADA): yangi avlodning “yashil” kripto-aktivi

Kriptopediya

5 daqiqa

11/09/25, 18:07

Foto: AI

Nega Cardano haqida ko‘pincha “aqlli” va “yashil” kripto-aktiv deyishadi? Bitkoinga elektr sarfi uchun tanqidlar yog‘ilayotgan bir paytda, tez, xavfsiz va ekologiyaga zarar keltirmaydigan tarmoq paydo bo‘ldi.


Cardano nima?


Cardano 2017-yilda Ethereum asoschilaridan biri Charlz Hoskinson tomonidan yaratilgan. Uning asosiy maqsadi smart kontraktlar va dApp ilovalar uchun ishonchli baza bo‘lish, lekin texnik va ekologik muammolarsiz.


Tarmoqdagi token ADA deb ataladi, matematik olima Ada Lavleys sharafiga. Uni to‘lovlarda, steykingda va ekotizimni rivojlantirish bo‘yicha ovoz berishda ishlatish mumkin.


Qanday ishlaydi?


Cardano’ning asosiy xususiyati Ouroboros algoritmidir. Bu Proof-of-Stake (PoS) konsensus protokoli.


  • Proof-of-Work (PoW): maynerlar murakkab masalalar yechib, ko‘p elektr sarflaydi.


  • Proof-of-Stake (PoS): bloklarni ADA egalari orasidan tasodifiy tanlangan validatorlar yaratadi. Ko‘proq ADA — ko‘proq imkoniyat.


Natija: tezkor, arzon va ekologik toza tarmoq.


Misollar


Cardano quyidagi sohalarda qo‘llanmoqda:


  • Moliya: banklarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalar.


  • Ta’lim: Efiopiyada talabalar diplomini tekshirishda Cardano ishlatilmoqda.


  • Boshqaruv: ADA egalari loyihaning kelajakdagi yo‘nalishini ovoz bilan belgilaydi.


Kelajak


Cardano asta-sekin rivojlanadi, har bir yangilanish ilmiy tekshiruvdan o‘tadi. Shu sababli ishonchli, lekin ba’zan juda sekin deb tanqid qilinadi.


Xulosa


Cardano va ADA tokenini tez, “yashil” va amaliy blokcheyn yaratishga urinish desak bo'ladi. U Ethereum’ni quvib o‘tadimi yo‘qmi vaqt ko‘rsatadi, lekin hozirning o‘zida Cardano kripto olamida muhim o‘rin egallagan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page