BTC Dominance hal qiluvchi bosqichda — altseason bo‘lishi yoki yo‘qligi shu yerda hal bo‘ladi
#Bozor tahlili
2 daqiqa
14/05/25, 10:01

Foto: Blockchain Texno
So‘nggi kunlarda Ethereum va altcoinlar Bitcoin nisbatan kuchli o‘sishni ko‘rsatgan edi. Ammo hozir BTC dominatsiyasi (BTC.D) keskin pasayib, diapazonning o‘rtasida to‘xtab qolgan.
Endi ikkita ehtimoliy ssenariy bor:
Agar BTC dominatsiyasi yana yuqoriga ko‘tarilsa — bu ETH/BTC va altcoinlar o‘sishi faqat short-squize (sun’iy siqilish) bo‘lganini ko‘rsatadi va Bitcoin yana bozorni boshqarishga qaytadi.
Ammo agar altcoinlar BTC’ga nisbatan barqaror kuch ko‘rsatsa va dominatsiya pastga yo‘l olsa (yaqin 60% chegaragacha) — bu altseason (altkoinlar uchun kuchli o‘sish bosqichi) boshlanishining jiddiy signali bo‘ladi.
Hozircha bozor kutish rejimida, BTC keyingi harakatini kutmoqda. Qisqa muddatda ALT/BTC bo‘yicha katta pozitsiya ochish — yuqori xavfli. Kuzatish va tasdiqlovchi signalni kutish eng to‘g‘ri yondashuv.