top of page

BLUM ikkinchi NOTCOIN bo‘la oladimi?

Altkoin

24/06/24, 10:12

Foto: WSJ

BLUM Uniswap va Binance kabi gigant birjalarida kripto tokenlar bilan savdo qilish uchun qulay interfeysni taklif qilmoqchi.


BLUM tokeniga ega bo‘lish uchun rasmiy Telegram kanalidagi mini ilova yordamida ishtirokchilar bir qator ijtimoiy vazifalarni bajarishlari kerak.


Loyiha ma’lumotlariga ko‘ra, BLUM foydalanuvchilari soni 31-may kuni 10 million kishidan oshgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Telegram kanallari orasida kattaligi jihatidan 4-o‘ringa chiqib oldi.


Loyihaning Telegram kriptoboti atigi uch oy ichida 20 million foydalanuvchiga yetgani, platformaning mahalliy tangasi bo‘lgan BLUM koinining listingiga bo‘lgan ishonchni oshirdi.


Loyiha oxirgi tizim o‘zgarishi orqali NOTCOIN tokeni kabi ortiqcha uchta nollarni o‘chirib tashlagan.


30 dan ortiq blokcheynlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu loyiha hali qachondan boshlab birjalarda sotilishi haqida hech qanday ma’lumot e’lon qilinmagan.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page