BLT community tokeni rivojlanish strategiyasi
#BLT
3 daqiqa
23/12/24, 10:53
Foto: Blockchain Texno
Bu yo‘l xaritasi loyihaning maqsadlariga erishish va hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan:
1-Bosqich: Loyihani boshlash (0–3 oy)
Maqsad: BLT tokenini ishga tushirish va hamjamiyatni shakllantirish.
- Token chiqarilishi: BLT Community Coinni texnik va funksional jihatdan tayyorlash va taqdim etish.
- Yopiq Telegram kanali: Hodl qiluvchilar uchun maxsus kanalni ishga tushirish.
- Mukofot dasturlari: Hamjamiyatni rag‘batlantirish BLT hodlerlariga turli Blockchain va kripto eventlarga chiptalar sovg'a qilish
- Marketing: Kripto ixlosmandlari uchun o‘zbek tilida sifatli kontent yaratish va uni ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ib qilish.
2-Bosqich: Platformani rivojlantirish (4–6 oy)
Maqsad: Tokenni likvid qilish va ko‘proq foydalanuvchilarni jalb etish.
- Veb-sayt: Loyihaning rasmiy veb-sahifasini ishga tushirish.
- DEX platformalarida listing: BLTni PancakeSwap yoki Uniswap kabi DEX-larda savdoga chiqarish.
- TON bilan integratsiya: BLT tokenlarini hodl qiluvchilar uchun TON mukofot aksiyalarini boshlash.
- Faol hamkorlik: Blockchain Texno platformasi orqali mahalliy va xalqaro hamkorlarni jalb qilish.
- Kontent loyihalari: Kripto texnologiyalariga oid qiziqarli maqola va videolarni o‘zbek tilida yetkazish.
3-Bosqich: BLT ekotizimini kengaytirish (7–12 oy)
Maqsad: BLT asosida texnologiyalarni rivojlantirish va yangi xizmatlarni ishga tushirish.
- NFT platformasi: BLT orqali o‘zbek madaniyati va kripto bilan bog‘liq NFT loyihalarini ishga tushirish.
- Hamjamiyat tadbirlari: Eng yirik Hodlerlar uchun Global blockchain va kripto eventlarda Blockchain Texno jamoasi bilan birga qatnashish imkoniyati
4-Bosqich: Xalqaro kengayish (1 yil va undan keyin)
Maqsad: BLT Community Coin’ni xalqaro darajada tanitish va katta hamjamiyat yaratish.
- CEX platformalarida listing: KuCoin, Binance kabi yirik birjalarda BLT tokenini ro‘yxatdan o‘tkazish.
- Deflyatsiya strategiyasi: Tokenning umumiy qiymatini oshirish uchun buyback va burn (yo‘q qilish) tizimini joriy qilish.
- Mahalliy va xalqaro hamkorlik: Global miqyosda taniqli texnologik kompaniyalar bilan aloqalarni kuchaytirish.
- Innovatsion xizmatlar: BLT asosida yangi kripto xizmatlar, masalan, crowdfunding platformasi yoki moliyaviy yechimlar taqdim etish.
Uzoq muddatli maqsadlar:
1. Barqaror hamjamiyat: Faol foydalanuvchilarni shakllantirish va ularni mukofotlash orqali uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash.
2. BLT va TON o‘rtasidagi integratsiya: Har ikki platforma o‘rtasida to‘liq uyg‘unlikni yaratish.
3. Mahalliy kontentni rivojlantirish: O‘zbek tilida texnologik kontent bo‘yicha asosiy resursga aylanish.
BLT Community Coin – bu faqat token emas, balki hamjamiyatni rivojlantirish