top of page

Bloomberg Changpeng Chjaodan uzr so'radi

#Binance

2 minut

17/07/24, 11:48

Foto: forklog

Bloomberg Businessweek China o‘zining 2022-yil 6-iyul kuni e'lon qilingan 250-sonidagi “qo‘pol xato”sini tan oldi va “Changpeng Chjao (CZ) Ponzi sxemasi” sarlavhasini yolg‘on va asossiz deb aytdi. Bu haqda jurnalning Xitoydagi nashri Modern Media xabar bermoqda.


Nashrning rasmiy bayonotida, "Biz ushbu haqoratli bayonotni so'zsiz qaytarib olamiz va janob Chjao va u asos solgan Binance tashkilotiga yetkazilgan har qanday zarar yoki azob-uqubat uchun chin dildan uzr so'raymiz", deb aytilgan.


Tahririyat kelgusida bunday bayonotlardan qochishga va’da berdi. Ma’naviy zarar uchun nashr Xubey provinsiyasidagi maxsus ta’lim jamg‘armasiga oshkor etilmagan summani xayriya qildi. Nashrdan keyin CZ Xitoydagi Bloomberg Businessweek’ga qarshi tuhmat da'vosi bilan sudga murojaat qildi. Tadbirkor jurnalning Amerika versiyasidan ham norozi edi. Uning advokatlarining aytishiga ko'ra:


"Bu o'quvchilarni Chjao va Binance noqonuniy yoki shubhali faoliyat bilan shug'ullanayotganiga ishontirishga undaydi".


CZ materiallarni olib tashlashni, ularni qayta nashr qilishni ta'qiqlashni, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplashni talab qildi.


Eslatib o'tamiz, 2020-yilda Binance Forbes’ni "tuhmatli bayonotlar" uchun sudga bergan. Bunga regulyatorlarni chetlab o'tib, platformaning amerikalik mijozlariga xizmat ko'rsatish haqidagi nashr sabab bo'ldi. Kompaniya keyingi yili da'voni rad etdi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page