Blokcheyn 2030-yilga qadar global YaIMga 2.1 trillion dollar keltirishi aytildi
Blockchain
3 min read
26/10/23, 14:44
Agile Dynamics tahlillariga ko’ra blokcheynni keng ko`lamda joriy etish global YaIMga 2.1 trillion dollar keltiradi.
Ushbu miqdor hozirgi global YaIMning 2% ga teng. Bu o`sishning deyarli yarmi rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga tog’ri keladi.
Blokcheyn texnologiyasi, tadqiqodchilar tomonidan, iqtisodiy infratuzilmadagi bo`shliqlarni bartaraf etish kaliti sifatida baholanmoqda.
Albatta 2 trillion dollarlik foyda olish haqida gapirish buni amalga oshirishdan ko'ra oson.
2030-yilga borib bunday ko'rsatkichga erishish uchun bugun blokcheynni global miqyosda joriy qilish talab etiladi.
Blokcheyn texnologiyasi yengib o'tishi kerak bo'lgan asosiy to'siqlardan biri bu "blokcheyn–trilemma" - bir vaqtning o'zida uchta parametrga javob berish vazifasi: xavfsizlik, keng ko`lamlilik va markazsizlashtirish.
Shuningdek, blokcheyn texnologiyasini transchegaraviy hisob-kitoblarga joriy etish banklar uchun ketadigan xarajatlarni 2021-yilda 301 million dollarga qisqartirgan bo`lsa, 2030-yilga borib ushbu xarajat 10 milliard dollarga qisqarishi kutilmoqda.
Tahlilchilarning fikriga ko'ra, transchegaraviy operatsiyalarda blokcheyndan foydalanish eng katta yutuq bo`lishi mumkin.
Sababi blokcheyn transchegaraviy miqiyosdagi to'lovlarni bir necha kunda emas, balki bir necha soniya ichida qayta ishlashni ta'minlaydi.
Bu esa tranzaksiyalarni qayta ishlash xarajatlarini 40-80% ga kamaytiradi.
Bundan tashqari to'lovlar bilan bog'liq ma'lumotlarning xavfsizligi va oxirigacha kuzatilishini ta'minlaydi.