top of page

Blockchain Life 2024 tadbiri Dubayda rekord darajada 8000 qatnashchini bir joyga to’plamoqda

#blockchainlife, #tadbir

5 min read

18/01/24, 15:47

Foto:blockchainlife

Joriy yil 15-16-aprel kunlari xalqaro miqyosda tan olingan yirik tadbir Blockchain Life 2024 doirasida


8000 dan ortiq kripto ixlosmandlari va minglab xalqaro kompaniyalar Dubayga yig’iladi.


Tadbirda dunyoning 120 ta mamlakatidan kelgan web3 texnologiyalari, kriptovalyuta va mayning sanoati yetakchilari qatnashadi.


Tadbirdan nimalar kutilmoqda?


-Kripto kitlar va sanoat rahbarlari keladi;


-160 dan ortiq mutaxassislar nutq so'zlaydi va bozor istiqbollarini sahnada tahlil qiladi;


-Ko'rgazmada sanoatning 150 dan ortiq asosiy kompaniyalari va istiqbolli startaplar namoyish etiladi;


-Startup Pitch tanlovida o'nlab jamoalar qatnashadi. An'anaga ko'ra, ushbu loyihalarning aksariyati bir necha oy ichida ishga tushadi;


-Minglab odamlar orasida keraklisini topishga imkon beradigan Smart networking dasturi bo’ladi;


-Biznes aloqalar uchun turli formatlar qilinadi;


-Dunyoning eng mashhur klublaridan biri bo’lgan SKY2. 0 da kechki ovqat tashkillashtiriladi.


"Shubhasiz tadbirda suhbatlarning asosiy qismi yaqinlashib kelayotgan halving sababli kripto bozorining o'sishiga bag’ishlanadi. Shuning uchun ham barchani dunyodagi eng yaxshi kripto tadbirlardan biriga kelish va buqa bozorini boshqaruvchi kuchning bir qismi bo'lishga taklif qilaman", deydi Blockchain Life tashkilotchisi Sergey Xitrov.

Tadbirning 2-bosqichida ishtirokchilar top kripto birjalarining bozor tahlili va prognozlari,


shuningdek yetakchi kriptofondlarning investitsiya strategiyalari bilan tanishishlari mumkin.


Ma'ruzachilar orasida sizga tanish bo’lgan, sanoatning mashurlar yetakchilari ham bor:


-Jastin Sun (TRON asoschisi, HTX global maslahat kengashi a'zosi);


-Sergey Xitrov (Blockchain Life, Jets asoschisi);


-Paolo Ardoyno (Tether bosh direktori, Bitfinex CTO);


-Andrey Grachev (DWF Labs boshqaruvchi hamkori);


-Dominik Uilyams (dfinity (ICP) asoschisi va bosh ilmiy xodimi);


-Xinxi Vang (Litecoin Foundation asoschilaridan biri);


-Danilo S. Carlucci (Morningstar Ventures asoschisi va bosh direktori);


-Irene Vu (LayerZero laboratoriyalari strategiyasi rahbari);


-Paskal Gautier (Ledger boshqaruv kengashi raisi va bosh ijrochi direktori);


-Jeyson Lau (OKX innovatsiyalar bo'yicha direktori);


-Alicia Kao (Kucoin boshqaruvchi direktori);


Forum ma'ruzachilarining aksariyati hozircha sir, ammo tashkilotchilar tez orada ularni e'lon qilishadi.


Kuzatuvchilarimiz orasida tadbirda ishtirok etishni istaganlar bo'lsa ushbu havola orqali o'tib “BlockchainTexno” promokodi bilan 10% chegirma asosida chiptalarni qo’lga kiritishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page