Blockchain Life 2024 Dubayda 120 mamlakatdan kripto sanoati yetakchilarini to‘pladi
#tadbir
3 daqiqa
29/10/24, 10:45

Blockchain Life PR
Dubay, 2024-yil 23-oktyabr – Kripto dunyosidagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lgan Blockchain Life Forumining 13- galgi tadbiri muvaffaqiyatli o'tdi. Bu yilgi forumda 120 mamlakatdan 12 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Forumda OKX, CoinMarketCap, Bitmain, Bybit, Binance, Animoca Brands, Circle, BingX, ICP, Kraken, TON, Sandbox, Polygon, Litecoin, Sui, BNB Chain, Cardano, DYDX, VeChain, Osmosis, Chiliz, Algorand, Ether Fi, Manta, Mantle, Delysium kabi dunyo miqyosidagi kompaniyalarning 200 dan ortiq yetakchi vakillari ma'ruzalar qildilar.
Kripto kompaniyalari ko‘rgazmasida 125 ta stend joylashtirildi. Bu yerda OKX, Bitmain, BingX, KuCoin, Bitget, Listing.Help, va Uminers kabi kompaniyalar o‘z so‘nggi texnologiya va innovatsiyalarini namoyish qildilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar SKY2.0 klubida bo‘lib o‘tgan AfterPartida norasmiy tarzda hamjamiyat sifatida birlashishdi. Kechani dunyoga mashhur ijrochi French Montana o‘zining hit qo‘shiqlari bilan yoritdi va 1200 dan ortiq mehmonlar undan bahramand bo‘lishdi.
Keyingi Blockchain Life tadbiri 2025-yilning 28-29-oktyabr kunlari Dubayda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Hozirda chiptalar va homiylik uchun arizalar qabul qilinmoqda. Qo‘shimcha ma'lumot uchun: https://blockchain-life.com/autumn2025/