top of page

BlackRock kompaniyasi yana 332,3 million dollarlik iShares Bitcoin Trust (IBIT) ETF larini sotib oldi

#kit

2 daqiqa

23/10/24, 11:51

Foto: Bloomberg

ETF lar qimmatli qog‘ozlar birjasida oddiy aksiyalar kabi savdo qilinadigan investitsiya fondlari hisoblanadi.


Ular qanday ishlaydi?


Blackrock kabi aktiv boshqaruvchi kompaniyalar kripto birjalardan katta miqdorda Bitcoin sotib olib, ushbu Bitcoinlarni aksiya ko‘rinishida bo‘lib chiqaradi.


Ushbu aksiyalar ETF lar bo‘lib, ularni sotib olgan shaxs Blackrock kompaniyasida saqlanayotgan Bitcoinlarga egalik huquqi borligini tasdiqlaydi.


Bitcoin ETF lar qanday muammoni hal qiladi?


Ba’zi investorlar uchun Bitcoinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kripto birjalar orqali sotib olish murakkab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, har qanday kripto birjalar ham xavfsiz emas. WazirX birjasi bilan bog‘liq xakerlik holatlari bunga misol. Agar siz Blackrock kompaniyasidan ETF sotib olsangiz, kompaniya sizning o‘rningizga ushbu BTC larni sotib olib xavfsiz saqlab beradi.


AQSh Qimmatli qog‘ozlar birja komissiyasi (SEC) turli audit tekshiruvlari bilan Blackrock kompaniyasi sizni ’’uxlatib’’ ketmasligini oldini oladi.


BlackRock sotib olgan BTC larini xavfsiz hamyonlarda saqlaydi. Ushbu BTC larni ma’lum nisbatga (Misol uchun 1 BTC = 1000 BTC ETF) bo‘lgan holda ularga egalik qilish huquqini "raqamli" shaklida investorlarga taklif qiladi.


Bu xuddi aksiyalar bilan bir xil ishlaydi. Farqi, aksiyalarini sotib olganingizda kompaniyaning bir qismiga egalik qilgan bo‘lasiz. ETF sotib olganingizda esa BlackRockda Bitcoinlarning bir qismiga ega hisoblanasiz.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page