top of page

Bittrex birjasida Bitkoin narxi 46 000 dollarga ko'tarildi.

#Bittrex

2 min read

23/11/23, 12:54

23-noyabrga o'tar kechasi Bittrex kriptovalyuta birjasida Bitkoinning qiymati 46,3 ming dollarga yetdi.


Bu eng yirik savdo maydonchalarida raqamli aktivning bozor qiymatidan deyarli 7 foiz yuqori.


Yopilishga tayyorlanayotgan bu birjada boshqa kriptovalyutalar narxlari ham keskin oshdi.


Masalan, Ethereum (ETH) $3014, Solana (SOL) $75, Tether USD (USDT) $1,46 ga yetdi.


Birja 4-dekabrdan boshlab platformadagi savdo faoliyati to'xtatilishini e'lon qilib, foydalanuvchilarga mablag'larni iloji boricha tezroq yechib olishni maslahat berdi.


Kompaniya foydalanuvchilarga AQSH dollarida pulni qaytarib olishning iloji yo'qligini aytib, balansdagi AQSh dollarlarini kriptovalyutasi yoki yevroga almashtirishni taklif qilgan.


Bu esa birjadagi kriptovalyutalar narxi g'ayritabiiy ravishda o'sishiga sabab bo'ldi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page