Bitkoin hamyonini qanday tanlash kerak?
Kriptopediya
3 min read
12/10/23, 11:58
istockphoto
Bitkoin bilan ishlashdan oldin sizga wallet (hamyon) deb ataladigan ilova kerak buladi. Busiz, tranzaksiyalarni amalga oshirish, yaʼni kripto valyutani yuborish va qabul qilish imkonsiz.
Birinchi qadam bitkoindan qanday maqsadda foydalanmoqchi ekanligingizni aniqlash va shu asosda hamyon tanlashdir.
Qanday turdagi hamyonlar mavjud?
Bitkoin mijozlari uchun deyarli barcha mashhur operatsion tizimlar mavjud: Windows, Linux, OS X, Android, iOS, Vindovs Phone.
Siz bular orasidan birini tanlashingiz mumkin: kompyuter uchun (desktop), mobil telefonlar uchun yoki onlayn hamyonlar va apparatlar ham mavjud.
Shuningdek ko‘p platformali hamyonlar ham bor yaʼni ular turli xil operatsion tizimlarda mavjud va sinxronlashtirilishi mumkin.
To‘g'ri kripto hamyonni tanlash
Kripto-hamyonlar hisobingizdagi mavjud balansni issiq (onlayn) yoki sovuq (oflayn) tarzda saqlashni taklif qiladi, bu ikkisi foydalanish qulayligi va pul mablag‘laridan foydalanish xavfsizligi bilan bir biridan farq qiladi.
Issiq (onlayn) hamyonlar veb-brauzerlarda yoki mobil va desktop (kompyuter) uchun ilova sifatida ishlaydi, sovuq (oflayn) hamyonlar esa qog‘ozga asoslangan yoki apparat qurilmalaridir.
Foydalanuvchilar kripto hamyondagi pul mablag‘larini muntazam ravishda ishlatishadimi yoki jamg‘arishadimi shuni aniqlashlari va keyin ularning talablariga javob beradigan kripto hamyonni tanlashlari kerak.
Quyida 2023 yilning top 10 ta kripto hamyonlari va ularning o‘ziga xosligi
CoinbaseVallet: Yangi foydalanuvchilar uchun eng yaxshi hamyon;
MetaMask: Ethereum uchun eng yaxshi hamyon;
ZenGo: Hisobni oson tiklash uchun eng yaxshi hamyon;
Guarda: kriptovalyutani tanlash imkoniyati eng keng bo‘lgan hamyon;
Crypto.com DeFi wallet: DeFi staking uchun eng yaxshisi;
Trust Wallet: Binanse va Binance.US foydalanuvchilari uchun eng yaxshi hamyon;
Exodus: Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati eng yaxshi hamyon;
Ledger: issiq (onlayn) hamyon integratsiyasi uchun eng yaxshi apparat (oflayn) hamyon;
Trezor: Xavfsizlik uchun eng yaxshi apparat (oflayn) hamyon;
KeepKey: eng arzon apparat (oflayn) hamyon;