top of page

Bitkoin halving hodisasi va uning kriptovalyuta ekotizimiga potensial ta’siri

5 min read

20/11/23, 05:15

Foto:blockchaintexno

Bitkoin halving kriptovalyuta hamjamiyatida har to‘rt yilda bir marta sodir bo‘ladigan muhim voqea.


Bu hodisa har 210,000 blokda yoki taxminan har to‘rt yilda sodir bo‘ladigan bitkoin siyosatining ajralmas qismi.


Halvingdan so‘ng tangalarni ishlab chiqarish tezligi pasayadi va maynerlar mukofoti teng yarmiga kamayadi.


Bitkoin asoschisi Satoshi Nakamoto unga qiziqishni doimiy ravishda saqlab qolish uchun cheklangan emissiya va halvingni o‘ylab topgan.


Agar har bir halvingdan keyin bitkoin qazib olish qiyinlashsa, uning qiymati oshadi.


Demak, halving inflyatsiyani nazorat qilish va tanqislikni keltirib chiqarish uchun mo‘ljallangan. Talab va taklif iqtisodiyoti


Bitkoin halving muomalaga kiradigan yangi bitkoinlar ta‘minotiga bevosita ta‘sir qiladi.


Taklifning pasayishi, talab bilan birdek, narxning oshishiga ham olib kelishi mumkin.


Bitkoin halving kriptovalyuta ekotizimida qisqa muddatli narx dinamikasidan tashqari, kengroq ta‘sirga ega.


Bu inflyatsiyaga qarshi vosita sifatida infratuzilmani rivojlantiradi va raqamli oltinga institutsional qiziqishni uyg‘otadi. Halving bitkoin narxiga qanday ta‘sir qiladi?


Halving tufayli ta‘minot kamayadi, bitkoin narxi ko‘tariladi va narx ko‘tarilishidan foyda izlab, bozorga yangi investorlar keladi.


Investorlarning kirib kelishi esa narxlarning yanada o‘sishiga sabab bo‘ladi.


Bitkoinning uzoq muddatli narx trayektoriyasini tahlil qilganda, har bir halving hodisasi o‘suvchi bozor siklining boshlang‘ich nuqtasi ekanini ko‘rish mumkin.


Narx odatda halvingdan keyin bir yil ichida sezilarli darajada ko‘tariladi.


Bitkoinning asosiy tarmog‘i ishga tushirilgandan beri shu kungacha 3 marta halving amalga oshirilgan.



 2012-yilgi halving:

2012-yil bitkoin taxminan 12 dollar atrofida edi. 2012-yil noyabr oyidagi halvingdan so‘ng bitkoin narxi 2013-yil oxirida 1000 dollardan oshdi.




2016-yilgi halving:

2016-yil bitkoin 650 dollar atrofida sotilgan bo‘lsa, xuddi shu yilning iyul oyidagi halvingdan so‘ng 2017-yil dekabr oyida bitkoin narxi deyarli 20 000 dollarlik rekord darajaga yetdi.



2020 yilgi halving:

2020-yilda bitkoin narxi 8000 dollar atrofida edi. 2020-yil may oyidagi halvingdan so‘ng bitkoin narxi noyabr oyida tarixiy ko‘rsatkich 69000 dollargacha chiqdi.



Tarixiy tendensiyalar kelajakdagi narx ko‘rsatkichi bo‘lmasa-da, halving hodisasi bitkoinning narx trayektoriyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega degan xulosa yasash mumkin.


Bitkoin narxi 2024-yilgi halvingdan keyin ko‘tariladimi?


Navbatdagi bitkoin halving taxminan 2024-yil aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.


Bu hodisa ommaviy axborot vositalarida katta shov-shuvga aylanib bitkoinga bo‘lgan qiziqish yanada oshirishi kutilmoqda.


Chase Bank tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, kelasi yilgi halvingdan so‘ng bitkoin narxi 120 000 dollargacha chiqishi mumkin.


2024-yilda halving juda muhim, chunki bu yilda bitkoin inflyatsiya darajasi nihoyat oltin darajasidan pastga tushadi va bu uni eng noyob pulga aylantiradi.


Ammo Arcane Research tahlilchilarining fikricha, maynerlarning umumiy savdo hajmidagi roli 2020-yilgi halvingdan keyin keskin kamaydi va ular endi bitkoin narxiga unchalik ham ta‘sir qilmay qo‘ydi.


Ularning ma‘lumotlariga ko‘ra, qazib olingan tangalarning o‘rtacha kunlik hajmi 900 Vt yoki spot aylanmasining 0,7 foizi tashkil qiladi.


Halvingdan oldin bu ko‘rsatkich 1800 Vt yoki 2 foizni tashkil etgan.


Bugun narxlar katta miqdordagi bitkoinni bozorga chiqarishga qodir “kitlar” tomonidan nazorat qilinadi.


Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarilgan tangalar hajmi narxni sezilarli darajada o‘zgartirish uchun yetarli emas.


Shuning uchun, katta ehtimol bilan, yaqinlashib kelayotgan halving narxga juda katta ta‘sir ko‘rsatmasligi mumkin, bu esa kuchli fundamental omillarga olib keladi.


Halving sanasi o‘zgarishi mumkinmi?


Halving sanasi keyingi 210 000 blok qachon qazib olinishiga, ya‘ni hisoblash tezligiga bog‘liq.


Mayning rentabelligining pasayishi eskirgan samarasiz mayning hovuzlarini yo‘q qiladi va maynerlarni yanada tejamkor hamda samarali uskunalardan foydalanishga undaydi.


Agar 210 000 blok 4 yilda emas undan qisqa vaqt ichida qazib olinsa ham halving amalga oshiriladi.


Boshqa tangalarda ham halving bormi?


Boshqa tangalarda ham halving bor lekin hammasida emas.


Masalan, POW algoritmi asosida qurilgan Ethereum‘da halving yo‘q.


Ammo mukofotlarning vaqti-vaqti bilan qisqarishi mavjud, ularning aniq sanasi esa noma‘lum bo‘ladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page