top of page
Bitcoin tarmog‘ida faollik susaydi — narx yuqori, lekin onchain harakatlar past
#bitcoin
2 daqiqa
07/07/25, 09:21

Foto: Blockchain Texno
Bitcoin narxi tarixiy maksimumga yaqin bo‘lsa-da, volatillik va onchain faollik 2023-yil oktabr darajasigacha tushib ketdi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
— Iyun oyida tranzaksiyalar hajmi 15% kamaydi — bu 28 000–35 000 dollar oralig‘idagi davrga xos raqamlar
— Mempul deyarli bo‘sh — hozirda atigi 5 000–15 000 tasdiqlanmagan tranzaksiya mavjud
— Maynerlar uchun komissiya daromadi keskin tushdi, ulushi faqat bir necha foizdan iborat
Alphractal asoschisi João Wedsonning fikricha, bo‘sh mempul bozor ishtirokchilarining, ayniqsa, kichik investorlar (retail) yetishmayotganini ko‘rsatadi.
Natijada yuqori narxga qaramay, bozorda ehtiyotkorlik va kutish kayfiyati hukm surmoqda.
O'xshash yangiliklar
bottom of page