top of page

Bitcoin narxi yevro va sterlingga nisbatan rekord darajaga yetdi

Bitcoin

04/03/24, 13:11

Foto: Geek Metaverse

Bitcoin narxi yevro va funt sterlingga nisbatan barcha davrlar uchun rekord darajaga yetdi. Dushanba kuni Coinbase birjasida yetakchi kriptovalyuta narxi 60 447 yevro va 51 736 funt sterlingni tashkil qilgan.


2024-yilda Bitcoin narxi turli mamlakatlarning valyutalariga nisbatan rekord qo‘yishda davom etmoqda, jumladan Xitoy yuaniga (CNY) nisbatan mart oyining birinchi kunida eng yuqori darajaga yetgan. Bu xabar yozilayotgan vaqtda BTC narxi 467 506 yuanga baholangan.


Coinbase investori va sobiq moliya direktori Balaji Srinivasanning so‘zlariga ko‘ra, 28-fevral holatiga ko‘ra, BTC Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Argentina kabi 30 dan ortiq mamlakatda eng yuqori narx rekordlarni o‘rnatdi.




O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page