top of page

Bitcoin narxi fevral-mart oyida qanday o‘sishga erishgan?

Bitcoin

05/03/24, 10:08

Foto: altcoinbuzz

O‘tgan fevral oyida Bitcoin (BTC)  2020-yil dekabridan beri o‘zining eng kuchli o‘sgan oyini yakunladi. Narxlar rekordlar darajasida yaqinlashib turgan bo‘lsa ham, bu buqa bozori cho‘qqisiga yaqin emas, deb tahlilchilar hisoblashgan edi.


Bozor kapitallashuvi bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega kripto-aktiv o‘tgan fevral oyini 44% o‘sish bilan yakunladi, bir necha yildan beri birinchi marta narx $60 000 bosib o‘tib, 28-fevral kuni  $64 000 gacha yetib keldi.


Bunga asosiy sabab qilib, MicroStrategy Inc. (NASDAQ: MSTR) va uning raisi Maykl Saylor yaqinda 155,4 million dollar qiymatidagi Bitkoinlarni sotib olganligini e’lon qilganini ta’kidlashmoqda.


Bitkoin 2020- yil noyabr va dekabr oylarida 42.9% va 47.8% oylik o‘sish natijasiga erishganidan beri birinchi marta oylik 40% dan ortiq o‘sish bilan fevral oyini yakunladi. Garchi, fevral oyi bitcoin uchun 15.66% tarixiy o‘rtacha o‘sish natijasini bersa ham narxlar ancha pozitiv bo‘ldi.


Mart oyi ham bitkoin uchun o‘sish tendensiyasini davom ettirishga imkoniyat yaratmoqda. Bitkoin kapitalizatsiyasi rekord darajada ko‘tarildi. Kapitalizatsiyasi 5-mart sanasida $1.35 trillion dollargacha ko‘tarilib, narxi $68.700 dan oshdi bu bilan 2021-yil natijalariga deyarli yetib oldi. Hozirda bitkoin narxi $67 000 atrofida savdo qilinmoqda.


Hozirda kriptovalyutalar bozor kapitallashuvi $2.62 trillion dollarni tashkil qilmoqda. Bitkoin $1.31 trillion dollar bilan bozorning 54.06 % da dominantlik qilmoqda. Altkoinlar davri kelishi uchun ushbu dominatsiya pasayishi kerak.


Bitkoin mart oyi uchun tarixiy narx o‘zgarishi 12.76% o‘sishni tashkil qiladi. Bitkoin narxi fevral oyini yopgan shag‘amchadan hisoblaganda allaqachon hozirgi narxi ($67.000) uchun 9.8% o‘sish qayd etib bo‘ldi.


Tarixdan xulosa qiladigan bo‘lsak, fevral-mart oylari bitkoin uchun 2021-yildan beri hisoblaganda pozitiv hisoblanadi. Lekin mart oyida bitkoin 2021-yildan oldingi vaqtlarni hisobga olganda fevral oyiga nisbatan tushishlarni ham qayd etgan. Halving yaqinligini, ETF tasdiqlanishi natijasida bozorga yangi kitlar (Blackrock, Venguard) qo‘shilganligini hisobga olib savdo qilish zarur.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page