top of page
Bitcoin mayning giganti MARA 1,6 milliard dollardan ortiq BTC sotdi
#mayning, #bitcoin
2 min
10/08/26, 11:49
.jpg)
Foto: Bloomberg
Yirik Bitcoin mayning kompaniyalaridan biri MARA 2026-yilning birinchi yarmida o‘zining Bitcoin zaxirasining bir qismini sotdi.

Kompaniya ushbu davrda jami 23 093 BTCni o‘rtacha $70 631 narxda realizatsiya qilgan. Sotilgan Bitcoin’larning umumiy qiymati $1,6 milliarddan oshadi.
Shunga qaramay, MARA katta miqdordagi Bitcoin zaxirasini saqlab qolmoqda. Kompaniya balansida hali ham 35 577 BTC mavjud bo‘lib, ularning joriy bozor qiymati taxminan $2,3 milliardni tashkil etadi.
O'xshash yangiliklar
bottom of page