Bitcoin maynerlarining daromadi ortyabdi, lekin komissiya ulushi tarixiy minimumga yaqinlashib qoldi
#mining
2 daqiqa
17/06/25, 11:23

Foto: Blockchain Texno
TheMinerMag ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyun oyi boshidan buyon Bitcoin maynerlari 722 million dollar daromad ko‘rgan, lekin ular atigi 7 million dollarni (0,65%) komissiyalar uchun ishlatishgan. Bu ko‘rsatkich 2022-yil yanvaridan beri kuzatilgan eng past darajaga yaqinlashmoqda.
O‘rtacha haftalik tranzaksiya soni ham kamaymoqda — u hozirda 2023-yil oktyabridan beri eng past darajada.
Dunyo bo'ylab maynerlar kengayishda davom etmoqda:
– JPMorgan: AQShdagi kompaniyalar hozirda global Bitcoin xeshreyti hajmining 31,5% ini egallagan
– MARA Holdings may oyi davomida quvvatlarini 30% ga kengaytirdi
– HIVE kompaniyasi esa Paragvaydagi yangi obyekt hisobiga 32% o‘sishga erishdi
Texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlar:
– Zamonaviy ASIC qurilmalari narxi: 10–30 dollar/TH/s
– Elektr narxi \$0.06/kWh bo‘lsa, qoplash muddati 2 yildan ortiq
– Mutaxassislar fikricha, 2-chorak yakunida 1 BTC qazib olish tannarxi 70 000 dollarga yetishi mumkin
Tarmoqda tranzaksiyalar kamaygan va komissiyalar darajasi past bo‘lsa-da, yirik maynerlar kelajakdagi narx o‘sishini kutib, faol investitsiya qilishda davom etmoqda. Bu bozorning uzoq muddatli istiqboliga bo‘lgan ishonchni ko‘rsatadi.