top of page

Bitcoin halvingga ham 50 kundan oz vaqt qoldi

Bitcoin

05/03/24, 08:51

Foto: Crypto News

Minerlar uchun beriladigan mukofot 2 barobar qisqarishiga ham 50 kundan oz muddat qolmoqda.


Bitcoin maksimal ta’minoti 21 million hisoblanadi. Bitcoin Proof-of-Work (PoW) algoritmiga asoslangan. Bitkoin cheklanganligi uni narxini osishga olib keladi. Bitkoin global to‘lov vositasi sifatida qabul qilinib, odamlar tomonidan keng foydalanishni boshlashsa, talab oshganligi hisobiga taklif oshib ketmaydi. odamlar maxsimal 21 million bitcion bilan qanoatlanishga majbur

                                                 

Halving nima?


Bitkoin tarixidagi eng muhim voqealardan biri ‘’halving‘’ jarayoni  bu blockcheyn tarmog‘iga kirib kiradigan yangi tangalar sonini kamaytirish uchun Bitkoin qazib olish mukofoti yarmiga qisqartiriladigan jarayon hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan 21 million bitkoin 2140 yilgacha qazib olinishi rejalashtirilgan. Ya’ni oxirgi bitkoin 2140 yilda qazib olinishi kutilmoqda. Hozirda barcha bitkoinning 93.548 foizdan ortig‘i qazib bo‘lingan.


- Hozirda mavjud bitkoinlar soni  -  19,645,037.5 ta

- Mining qilinishi kutilayotgan bitkoinlar soni - 1,354,962.5 ta

- Kunlik qazib olinayotgan bitkoinlar soni  - 900 ta

- Hozirgi kungacha qazib olingan bitkoin bloklari  -  833 206


Kuniga o‘rtacha 144 ta blok qazib olinadi va har bir blokda 6,25 bitkoin mavjud. Halving jarayoni minerlar uchun qazib olingan yangi bloklar uchun mukofotni har 4 yilda 2 barobar qisqartiradigan hodisa hisoblanadi. Bloklarni qazib olinishi tezligi o‘zgarishi sabab, bir necha kunga farq qilsa-da hozirda keyingi bitkoin halving sanasi 20-aprel 2024-yil bo‘lishi kutilmoqda.


Shuningdek, Bitcoin, BitcoinGold, Litecoin, Dash kabi kriptovalyutalar halving sanasini online nicehash saytida kuzatib borishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page