Bitcoin halving qanday ishlaydi?
Bitcoin, Halving
19/04/24, 07:41
Foto: koinbulteni
Halving sodda qilib aytganda har to‘rt yilda yangi Bitcoin bloklarini qazib olish uchun mukofot ikki baravar qisqartiriladi. Ko‘pchilik halving haqida gapiradi lekin uni qanday ishlashini bilmaydi. Ushbu maqolada barcha savollaringizga javob olasiz.
Halving jarayoni har 210 000 ta block Bitcoin blockchainiga qo‘shilganida sodir bo‘ladi.
Hozirda bitcoinda 839,739 ta block yaratilib bo‘lindi. Har bir block qazib olinishi uchun o‘rtacha 10 daqiqa vaqt ketadi va har bir block qazib olinganda ushbu blok uchun 6.25 ta bitcoin mukofot tarzida minerlarga beriladi.
Agar har 10-daqiqada bitta block qazib olinsa kuniga 144 ta block qazib olinadi. Kunlik qazib olingan bitcoinlarni hisoblash uchun ularni 6.25 taga ko‘paytirishimiz kerak.
144 × 6.25 (har bir block uchun mukofot) = 900 ta bitcoin bo‘ladi.
Har kuni o‘rtacha 900 ta bitcoin qazib olinadi. Hisobga olish kerakki, ushu raqam doimiy emas. Har kunlik hashlash darajsi o‘zgarishi hisobiga bitcoinlar kamroq yoki ko‘proq, bloklar biroz ertaroq yoki kechroq qazib olinishi mumkin. Shuni hisobiga halving bo‘lish sanasini aniq aytib bo‘lmaydi. Blockhchain biror tashkilot yoki shaxsga emas, balki tizimga bog‘langan bo‘lib, inson faktori aralashuvi minimal hisoblandi.
Birinchi halving 2012-yil Noyabr sanasida bo‘lgan ushbu sanadan boshlab har bir bitcoin block uchun minerlarga 25 ta bitcoin mukofot berilgan. 210 000 ta block qazib olinshi bilan ikkinchi halving jarayoni sodir bo‘lgan.
Ikkinchi halving jarayoni 2016-yil 9-iyul sanasida sodir bo‘lgan. Ushbu sanadan boshlab endi qazib olinayotgan har bir blocklar uchun 12.5 ta bitcoin mukofot tarzida berilgan. Ushbu jarayondan so‘ng 210 000 block qazib olingandan so‘ng 3-halving jarayoni sodir bo‘ldi.
Uchinchi halving jarayoni 2020-yil 11-mart sanasida sodir bo‘lgan ushbu sanadan boshlab keyingi 4-yilda qazib olinadigan har 210 000 ta block uchun 6.25 ta bitcoin mukofot tarzida berilgan biz hozir ushbu oxirgi blocklarni qazib olinish jarayonidamiz.
To‘rtinchi halving jarayoni 2024-yil 20-aprel sanasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu sanadan boshlab keyingi qazib olinadigan har bir blokc uchun mukofot endi 3.125 ta bitcoinga kamayadi.
Bitcoin dastlab ishga tushunilganida ushbu sistema qurilgan bo‘lib, u bitcoin narxiga sezilarli ta’sir qiladi. Chunki agar bitcoin narxi oshmasa minerlarga beriladigan bicoin miqdori har 4-yilda kamayib boraversa mining qilishdan naf qolmaydi.
Undan tashqari elektr energiya narxi yil bo‘yi ko‘tarilib bormoqda, minerlarsiz blockchain tarmog‘ida tranzaksiyalar amalga osha olmaydi. Shuning uchun halving bitcoin narxiga ta’sir qiladi. Lekin shuni hisobga olish kerakki, halving jarayoni sodir bo‘lishi bilan bitcoin narxi ko‘tariladi deb o‘ylash noto‘g‘ri.
Tarixga nazar solsak, halving jarayoni sodir bo‘lishi bilan emas undan so‘ng bir necha oy o‘tib bitcoin narxida sezilarli o‘sishga erishgan. Yangi boshlovchi treyderlar esa halving bo‘ldi endi bitcoin o‘sadi deb noto‘g‘ri xulosaga boradi. Unutmang bozor ko‘pchilik yutqazadigan tarafga harakat qilishni yoqtiradi.