Bitcoin blockchaini xeshreyti darajasi soniyasiga 679 million TH/S (Terahash) gacha ko‘tarildi
#bitcoin
2 daqiqa
22/10/24, 09:39
Foto: Blockchain.com
Heshreyt - bu Bitcoin tarmog‘ida mayning qilish uchun sarflanayotgan hisoblash quvvatining o‘lchovi bo'lib, u qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p maynerlar tizimda ishlayotganini bildiradi.
Hashreyt o'sishi Bitcoin tarmoq xavfsizligini oshirishi bilan birga mayning qilishni ham qiyinlashtiradi. Terahash sekund (TH/s Terahashes per second) Bitcoin tarmog‘ining hisoblash quvvatini izohlaydi.
Soniyasiga 679 million TH/s o‘lchovi Bitcoin blockchaini har soniyada 679 million trillion (679×10¹⁸) marta xesh funksiyasi hisoblayotganini anglatadi.
Hozirda, Bitcoin tarmog‘ida ishlayotgan millionlab maynerlarning umumiy quvvati shuncha ekanligini ko‘rsatadi. Solishtirish uchun oddiy kompyuter soniyasiga bir necha million xesh (MH/s) funksiyani hisoblaydi.