top of page

Bir katta investor LIBRA mem tokenidan ikki marta yirik zarar ko‘rdi

#libra

2 daqiqa

20/02/25, 09:44

Foto: Blockchain Texno

3 kun avval, ushbu investor 17,450 dona SOL (3.25 million dollar) evaziga LIBRA tokenini sotib oldi, biroq keyinchalik 3,200 SOL (595 ming dollar) ga sotishga majbur bo‘ldi.


Natijada 14,250 SOL (2.65 million dollar) zarar ko‘rdi.


Keyin, Argentina prezidenti Xavyer Milei LIBRA tokenini sotib olish bo‘yicha postni twitterda qayta ulashganidan so‘ng, investor yana 2,855 dona SOL (531 ming dollar) evaziga LIBRA xarid qildi.


Biroq bu safar ham zarar bilan chiqib ketishga majbur bo‘ldi — 2,159 SOL (412 ming dollar) ga sotib, 696 SOL (129 ming dollar) zarar ko‘rdi. Argentina prezidenti Xaver Miley: "Token haqida ma'lumot tarqatyapman, lekin uni reklama qilmayapman," dedi. Shuningdek, LIBRA'ni taklif qilgan va oxir-oqibat uni bozorga chiqarayotgan shaxslar bilan suhbatlashganini tasdiqladi. Advakatlar prezidentni sudga berdi.


Miley, kecha LIBRAni sotib olishga oid buyruqni o'z ichiga olgan postni qayta ulashgan edi, bu esa mem token narxiga qisqa muddatli ta'sir ko'rsatgan.


LIBRA ortidagi jamoa, Nigeriyalik rasmiylar bilan shunga o'xshash loyiha ustida ishlayotgan edi.


Birjalar LIBRA bo'yicha spekulyatsiyalarni to'xtatish uchun mustaqil tekshiruv o'tkazishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page