top of page

Binance yoki UZNEX: Qiyosiy tahlil?

#Binance, #UZNEX

5 daqiqa

09/01/25, 15:51

Foto:UZNEX

Binance birjasi 2017-yilda Changpeng Zhao tomonidan asos solingan bo’lib, bugungi kunda jahonning eng yirik kripto platformasiga aylandi. UZNEX birjasi esa ‘’Kobeo Goup’’ MCHJ ga qarashli  kripto birja bo‘lib, O‘zbekistondagi rasmiy litsenziyaga ega xizmat provayderidan biridir.

Bugun uchbu maqolada ushbu ikki kripto birja taqdim etadigan xizmatlar turlari, platforma xavfsizligi va boshqa xususiyatlarni tahlil qilib ko‘ramiz.

                  Binance birjasining qayday afzalliklari bor?

Binance global miqyosdagi eng yirik kripto birja bo‘lib, doimiy foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshadi. Binance birjasi spot savdolari orqali 350 dan ziyod tokenlar savdo qilinadi. Shuningdek, birja o‘zining Web 3.0 hamyoniga ham ega. Birja yuqori likvidlik darajasiga ega. Spot savdolarni amalga oshirishda yoki fyuchers shartnomalarni tuzishda qiyinchilikka deyarli duch kelmaysiz.

Birja ko‘p tildagi savdo interfeysiga ega. Foydalanuvchilar o‘zlariga qulay tilda ilova imkoniyatlaridan foydalana oladilar. Kripto birja foydalanuvchilarga bank kartalari orqali pul kiritishlari uchun P2P savdo imkoniyatlarini ham taqdim etgan.

 

               Binance birjasi kamchiliklari nimalardan iborat?

Binance birjasi orqali savdo qilganimizda, mahalliy foydalanuvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar mavjud. Birinchidan, foydalanuvchilar mahalliy bank kartalari bilan ishlashda ayrim cheklovlarga duch kelishadi.

Foydalanuvchilar birja orqali bir oy ichida BHM 500 barobaridan (187 million so‘m) ortiq summa kirim-chiqim qilishsa, ularning tranzaksiyalari operatsiyalari shubhali deb topilishi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi mumkin.

Binance birjasi o‘zida turli xizmatlarni taklif etadi. Foydalanuvchilar kripto-aktivlarni DeFi staking qilishdan tortib, Launchpool, Trading bot kabi turli xizmatlarni ishlata olishadi.

Bu esa ba’zi foydalanuvchilar uchun ularni tushunishda murakkablikni vujudga keltiradi.

 

                   UZNEX birjasi qanday afzalliklarga ega?

UZNEX birjasi O‘zbekiston bozori uchun maxsus ishlab chiqilgan kripto birja bo‘lib, fuqarolar qonuniy kripto aktivlar operatsiyalarini amalga oshira oladilar.

UZNEX kripto birjasi UZS bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo imkoniyatini foydalanuvchilarga taqdim eta oladi. Kripto birja interfeysi sodda va tushunarli bo‘lib, o‘zbek tilida o‘zingizga kerakli bo‘limni oson topa olishingiz mumkin.

Kripto birja mahalliy qonunchilik talablariga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, ba’zi xorijiy kripto birjalardan farqli pulingizni ‘’uxlatib’’ ketmasligini hukumat o‘zi nazorat qilib boradi. FTX kripto birjasiga o‘xshab, pulingizni olish uchun hech qayerga yig‘lab borishingiz shart bo’lmaydi.

 

                      UZNEX birjasi qanday kamchiliklari mavjud? Uznex birjasida nisbatan cheklangan kripto-aktivlar listing qilingan bo‘lib, siz faqatgina spot savdolarni amalga oshira olasiz.

Hozirgacha atigi 15 ta kripto-aktivlar birjada listing qilingan. Taqqoslash uchun, Binance birjasi 350 dan ortiq kripto-aktivlarni listing qilgan.

Mahalliy birjamizda, Binance kabi kripto aktivlar uchun fyuchers shartnomalarni tuzish imkoniyati mavjud emas.

UZNEX 2.0 versiyasida fyuchers bozori ochilishi reja qilingan edi. Lekin hali ham ishlar tayyorgarlik bosqichida turibdi.

UZNEX birjasi nisbatan past likvidlik xususiyatiga ega. Ya’ni sotib olgan kripto-aktivingizni sotmoqchi bo‘lganingizda xaridor topishda ba’zan qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin.

Shuningdek, UZNEX kripto birjasida P2P savdolarini amalga oshirish imkoniyati mavjud emas. Bank plastik kartasi orqali yoki boshqa kripto hamyonlardan pul o‘tkazish uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ba'zida bu jarayon haftalab davom etishi mumkin.              Kiber hujumlarga qaysi kripto birja bardoshliroq?

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2024-yilda Binance kabi yirik kripto birjalar jami 303 ta kiberhujumga duch kelgan. Binance birjasida 2022-yil 4-oktyabrdagi kiberhujumda foydalanuvchilarning 570 million dollarlik BNB (Binance Coin) tokenlari o‘g‘irlandi. Bu esa bir qator savollarni ochiq qoldiradi?

Binance birjasini ‘’vzlom’’ qilgan xakerlar UZNEX birjasini buzib kira olishmasmikan?

Agarda kiber hujum natijasida birja aybi tufayli foydalanuvchilar pullarini yo‘qotilsa, Binance kabi foydalanuvchilar mablag‘larini tiklashda SAFU (Secure Asset Fund for Users) fondi mavjudmi?

Binance va UZNEX platformalari tahlili shuni ko'rsatadiki, har ikki birjaning o'z maqsadli auditoriyasi va farqli ustunliklari mavjud. Binance global miqyosda yetakchi bo'lib, keng ko'lamli xizmatlar, yuqori likvidlik bilan ajralib tursa, UZNEX mahalliy bozor ehtiyojlariga moslashgan, qonuniy platforma sifatida o'z o'rniga ega.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page