top of page

Binance sobiq direktori CZ’ning jinoiy hukmi qachonga qoldirilganligi ma’lum bo‘ldi

Binance

13/02/24, 09:34

Foto: Reuters

Eng yirik kripto birja hisoblangan Binance kompaniyasining sobiq direktori Changpeng Chjao 21-noyabrda AQShning pul yuvishga qarshi qonunlari va sanksiyalarini buzganlikda, pul yuvishga qarshi samarali dasturni yuritmaganlikda ayblayotganidan so‘ng, iste’foga chiqishga va moliyaviy jarimani to‘lashga majbur bo‘lgandi.


Sobiq bosh direktor Changpeng Chjaoning pul yuvish qoidalari bo‘yicha ayblov hukmi 30 aprelgacha qoldirilganligi haqida CNBC nashri xabar beradi.


Noqonuniy pul yuvishda ayblanayotgan Chanpeng Chjao dastlab 23-fevralda jinoiy hukm qilinishi kerak edi. Lekin  federal sudi dushanba kuni e’lon qilingan xabarga ko‘ra, sobiq direktor Changpeng Chjao pul yuvish qoidalarida ayblanib, hukm 30-aprelga qoldirilishi haqida xabar berdi.

CZ ning advokati Uilyam Burk kechiktirish haqidagi savollarga izoh berishdan bosh tortdi.


CZ  o‘zining aybini tan olishning bir qismi sifatida 4,3 milliard dollar jarima va kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘lgandi. CZ 175 million dollarlik aktivlarga ega bo‘lishiga qaramay, CZning  sudning hukmi chiqquniga qadar chetga chiqib ketish xavfi borligidan xavotirga tushib, sud uni  AQShni tark etishiga cheklov o‘rnatgan. AQSh okrug sudyasi Richard Jons bu cheklovni joriy qildi.


Changpeng Chjaoning advokati Uilyam Burk federal suddan CZ uchun uy qamog‘i jazosini so‘rashi mumkin. Sud jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Binance CZ va SEC o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan sud jarayonlari kriptovalyutalar kelajagiga  sezilarli ta’sir qiladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page