Binance rahbarlaridan biri qamoqxonadan qochib ketdi
Binance
25/03/24, 12:05
Foto:blockchainlife
Nigeriya mahalliy axborot agentligi Premium Timesning xabarida, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani va boshqa ba’zi jinoyatlar uchun hibsga olingan ikki Binance rahbaridan biri "Juma namozi"ni bahona qilib, mamlakatdan qochib ketgani aytilgan.
Qamoqqa olingan amaldorlardan biri Nadim Anjarvalla huquq-tartibot idoralariga Ramazon oyi ekanligini va bu muqaddas oyda juma namozini o‘tkazib yubora olmasligini aytib, qisqa muddatli ta’til olishga muvaffaq bo‘lgan. Rasmiylar hamrohligida masjidga olib ketilgan Nadim Anjarvalla masjiddan qochib aeroportga borishga muvaffaq bo‘lgan va birinchi samolyot bilan mamlakatdan qochib ketgani ma’lum qilindi.
Ma’lumot uchun, Nigeriya Markaziy banki (CBN) gubernatori Olayemi Kardoso Binance'da yil davomida Nigeria orqali 26 milliard dollarlik mablag‘ oqimi bo‘lganini aytganidan keyin birjaga nisbatan bosimlar boshlangan. Ushbu bayonotdan ko‘p o‘tmay keskinlik kuchayganligi sababli, Binancening ikki xodimi Nigeriya aeroportida hibsga olinib pasportlari musodara qilingan edi.