top of page

Binance NAPP bilan bo'lgan sudda yutqazdi

#Binance

2 min read time

10/06/24, 09:39

Foto:shutterstock

O‘tgan hafta juma kuni (7-iyun) Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ochiq sud majlisida da’vogar Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (NAPP), javobgar Binance (Digital anchor holdings Limited) va jurnalistlar ishtirokida ish ko‘rildi. Iqtisodiy sud ishi oxir oqibat yakunlandi.


Sudya Istiqbolli loyihalar milliy agentligi foydasiga qaror chiqarib, Binance O‘zbekistonda litsenziyasiz fuqarolarga xizmat ko‘rsatganligi uchun 102 million so‘m jarima to‘lashi kerakligi belgilandi.


Bu qarorga sudya Abdurahimov Bexzod Bahodirovich Binance O‘zbekistonda fuqarolarga xizmat ko‘rsatishga litsenziyaga ega emasligi uchun yetarlicha asoslar borligini keltirdi.


Bu hal qiluv qarori ustidan protsessual tatibda 10-kun ichida sudga murojaat qilish mumkin. Agar Binance hal qiluv qarori ustidan apellatsiya bersa ish yana cho'zilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2025 ©
bottom of page