top of page

Binance kriptovalyuta birjasida Markaziy Osiyo uchun yangi rahbar tayinlandi

binance

2 min read

26/10/23, 11:33

Binance Kirill Xomyakovni Markaziy Osiyo hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa rahbari etib tayinlaganini e'lon qildi, deb xabar yozmoqda Forklog.


Kiril Xomyakov Binance kompaniyasiga 2022-yil yanvar oyida kelgan va dastlab Ukraina bozorini boshqargan. Keyinchalik u Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasida birja boshqaruvida bo`lgan.


Binancega qo'shilishdan oldin Xomyakov 15 yil davomida turli bank, moliya va davlat tashkilotlarida, shu jumladan boshqaruv lavozimlarida ishlagan.


Shuningdek, u Ukraina davlat infratuzilma loyihalari agentligining bosh direktori va blokcheynga asoslangan dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchi kompaniyaning bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan.


Uning vazifalari qatoriga kompaniyaning mahsulotlari va xizmatlarini takomillashtirish, ta'lim tashabbuslari, fiat kanallarini rivojlantirish va mintaqadagi 14 mamlakatning asosiy bozorlarida foydalanuvchi tajribasini optimallashtirish kiradi.


Shu bilan birga, u marketing strategiyasini nazorat qiladi, mahalliy davlat va jamoat tashkilotlari bilan muloqot o'rnatadi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page