top of page

Binance kripto bozoridagi xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi

#Binance

2 min

04/10/24, 05:18

Foto: avengernews

Binance rasmiy blogida e’lon qilingan hisobotda, kripto bozorining ortiqcha baholanishi va token egaligidagi markazlashuv xavflari haqida ogohlantirildi. Hisobotda ushbu xavflarga e’tibor qaratilmasa, kripto sanoatining uzoq muddatli barqarorligi va yaxlitligiga tahdid solishi mumkinligi ta’kidlandi.


Binance yangi tokenlarning ortiqcha baholanishi bozorni zaiflashtirishi va "pufakcha" effekti yaratishi mumkinligini qayd etdi. Shuningdek, bir nechta yirik token egalari o‘rtasidagi markazlashuv boshqaruv muammolari va bozor manipulyatsiyasi xavflarini keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgan.


Hisobotda: “Token egaligidagi markazlashuv potentsial suiiste’molliklar xavfini oshiradi. Kripto loyihalarining yaxlitligi va barqarorligi uchun markazlashtirilmagan boshqaruv va keng ishtirok juda muhimdir", — deya ta’kidlandi.


Binance, shaffoflikning yetishmasligi ishtirokchilarning ishonchini pasaytirishi mumkinligini aytib, batafsil ma’lumot berish moliyaviy boshqaruvni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O'xshash yangiliklar
Blockchain Texno
Blockchain Texno 2024 ©
bottom of page