Binance 6 ta kriptovalyutani delist qilmoqda
binance
31/01/24, 07:34

Foto: koinbulteni
Dunyodagi eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance 6 ta savdo juftini spot tranzaktsiyalardan chiqarib tashlashini e’lon qildi.
31-yanvar, chorshanba kungi rasmiy bayonotida Binance 6 ta savdo juftini Biswap (BSW), Kava (KAVA), Secret (SCRT), Synthetix (SNX), UniLend Finance (UFT) va Wanchain (WAN) spot operatsiyalarining sotuv ro‘yxatidan chiqarishini ma'lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, Binance BSW/BNB, KAVA/ETH, SCRT/ETH, SNX/BNB, UFT/ETH va WAN/ETH savdo juftliklarini 2-fevral kuni soat 08:00 dan boshlab spot tranzaksiyalardan olib tashlaydi va savdosini to‘xtatadi.
Binance shuningdek, foydalanuvchilar ushbu aktivlarni platformada mavjud bo'lgan boshqa savdo juftliklarida savdo qilishda davom ettirishlari mumkinligini aytib o'tgan.